12-iyun kuni Prizma internet do‘koni Yashnobod tumanida ilk oflayn formatdagi filialini ochmoqda.

Prizma maishiy texnika va elektronika do‘konining rivojlanishi onlayn xaridlarga bo‘lgan ehtiyoj oshishiga to‘g‘ri keldi. Kompaniya butun O‘zbekiston bo‘ylab foydalanuvchilarga 5000 dan oshiq turdagi texnika mahsulotlarini internet orqali xarid qilish hamda belgilangan manzilgacha yetkazish xizmatini taklif etmoqda. Bunda uydan turib to‘lovlarni amalga oshirish, 15 oygacha muddatli to‘lovni rasmiylashtirish hamda Toshkent bo‘ylab bir sutka ichida, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 3 kungacha muddatda bepul yetkazish ko‘plab mijozlar uchun qulayliklar yaratdi.

12-iyun kuni Prizma brendi ostidagi ilk oflayn formatdagi do‘kon ochilishi bo‘lib o‘tdi. Endilikda onlayn xaridlar qatoriga poytaxtimizning tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan tumanlaridan biridagi do‘konga tashrif buyurish, xaridlarni amalga oshirish hamda Toshkent shahri va viloyati bo‘ylab bepul yetkazish imkoniyati yaratilmoqda.

Barcha tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida do‘kon ochilish tadbiri soat 10:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tmoqda. Dasturdan rasmiy qism bilan bir qatorda aksiya va tanlovlar ham o‘rin oldi. Mehmonlar smart qurilmalarni yutib olish, jamg‘arma kartalariga ega bo‘lish yoki ochilish kuniga atalgan promokodlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Prizma maishiy texnika va elektronika do‘konlari tarmog‘ining O‘zbekiston bo‘ylab yanada kengayishi rejalashtirilgan. Tez orada Toshkent shahri va viloyatidagi yangi savdo nuqtalarini kutib oling.

Do‘kon Yashnobod tumani, Parkent va Sandiqli ko‘chalari kesishmasi, eski Korzinka, Aviator binosi yaqinida joylashgan.

Yagona axborot markazi: +99855 500 22 22

Sayt: prizma.uz

Facebook: fb.com/prizmauz

Instagram: prizmauz

Telegram: t.me/prizmauz

Reklama huquqi asosida.