Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasida 11-iyun, juma kuni professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Turizm va sport vazirligi

Boks kechasining asosiy jangi super yengil vazn toifasida harakat qilayotgan Shohjahon Ergashev (19-0, 17 KO) va tanzaniyalik Salimu Jengo ( 16-3, 10 KO) o‘rtasida kechadi.

Shuningdek, boks kechasida yana olti nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi.

  • Asrorbek Rahimov (O‘zbekiston) Islomjon Xoliqov (O‘zbekiston);
  • Botirjon Zokirov (O‘zbekiston) — Aleksandr Saltikov (Rossiya);
  • Jamshidbek Najmiddinov (O‘zbekiston) — Merab Turkadze (Gruziya);
  • Ulug‘bek Haqberdiyev (O‘zbekiston) — Dmitriy Atroxov (Belarus)
  • Sergey Vorobyov (Rossiya) — Aleksandr Juravski (Kozog‘iston)
  • Shohjahon Ergashev (O‘zbekiston) — Jengo Yoeza Salimu (Tanzaniya)

Boks kechasi 19:00 da boshlanadi. Jang videolarini bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.