Daryo

Abdulla Aripov Dushanbedagi o‘zbek-tojik qo‘shma korxonasining ochilish marosimida qatnashdi (foto)

Maishiy texnika vositalari qo‘shni respublikalarga ham eksport qilinadi

1 daqiqa o‘qish80 204 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Madina Nurman / “Daryo”

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etish uchun 29-sentabr kuni Tojikiston poytaxtida bo‘ldi.

“Daryo” muxbirining xabar berishicha, rasmiy tashrif doirasida Abdulla Aripov Dushanbe shahrida barpo etilgan “Artel Avesto Electronics” o‘zbek-tojik qo‘shma korxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Hukumat rahbarlari va Tojikiston Majlisi milli Majlisi Oli raisi, Dushanbe shahri meri Rustam Emomali korxona faoliyati bilan tanishdi.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Ikki mamlakat rahbarlari tashabbusi bilan 10 million dollar evaziga qurilgan korxona zamonaviy elektr texnika ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur korxona eng so‘nggi xalqaro standartlarga javob beradi.

2020-yilning 3-choragida test rejimida faoliyat boshlagan korxonada hozircha elektron suv isitgichlari hamda changyutgichlar ishlab chiqarilmoqda. 2-bosqichda esa televizor, yarim avtomatli kir yuvish mashinasi va mikroto‘lqinli pech ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Maishiy texnika vositalari nafaqat ichki bozor talablarini qondirishi, balki qo‘shni respublikalarga ham eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar