Daryo

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Samarqand va Xatlon viloyatlarida qurilgan ijtimoiy obyektlarni ochilish marosimida ishtirok etdi

Kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar yakunlangach, O‘zbekistonning Samarqand viloyati va Tojikistonning Xatlon viloyatida barpo etilgan ijtimoiy obyektlarning rasman ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish40 546 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar yakunlangach, O‘zbekistonning Samarqand viloyati va Tojikistonning Xatlon viloyatida barpo etilgan ijtimoiy obyektlarning rasman ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ramziy tugmani bosib, ularning faoliyatiga start berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xatlon viloyatining Ko‘bodiyon tumanidagi tibbiyot majmuasi O‘zbekiston tomonidan qurilgan. Ushbu 250 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxona yiliga 75 ming nafar bemorga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Majmuada jarrohlik, urologiya, ko‘z xastaliklari, intensiv davolash va reanimatsiya, pediatriya, travmatologiya, ginekologiya, homiladorlik patologiyasi, tug‘ruqdan keyingi tiklanish va terapiya bo‘linmalari mavjud.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Majmua tarkibidagi poliklinika bir smenada 300 nafar va bir yilda 219 ming nafardan ziyod bemorga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Tojikiston tomonidan Samarqand viloyatining Urgut tumanida umumta’lim maktabi barpo etilgan. U 640 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan.

Maktabning uch qavatli binosida 26 ta sinf, sport zali, faollar zali, oshxona, kutubxona, mehnat darslari va ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlar uchun sinflar mavjud. O‘quv maskani kompyuter texnikasi va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan.

Marosimda ikki mamlakat vakillari so‘zga chiqib, davlat rahbarlariga birodar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va mehr-oqibatni mustahkamlashga, fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratayotgan alohida e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda tantanali kutib olindi

Bundan avval Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar