Daryo

Sirdaryoda harakatlanayotgan Lacetti’ning gaz balloni portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Shuningdek, yana bir kishi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish78 135 ko‘rishlar0 izoh0

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida Lacetti’ning gaz balloni portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 1-iyun soat 03:40 da yuz bergan. Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi fuqaro Lacetti’da Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani “Yangi Davr” MFY hududidan o‘tuvchi Termiz—Toshkent yo‘lida harakatlanib ketayotganida avtomashinaning gaz ballonida yorilish sodir bo‘lgan.

Oqibatda avtomashinadagi ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan hamda haydovchi va bir nafar yo‘lovchi turli darajada jarohat olib Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryoda harakatlanayotgan Nexia’ning gaz balloni portlashi oqibati ikki kishi halok bo‘lgani, Farg‘onadagi zapravkada “Jiguli”ning gaz balloni portlashi oqibatida mashina haydovchisi va yana bir kishi tan jarohati olgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar