“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
20:56, 08.06.2021 24371

Turkiyaning “Ayol” seriali yulduzi O‘zge O‘zpirinchji farzand kutmoqda

Turkiyaning 35 yoshli, anchadan buyon ona bo‘lish istagida bo‘lgan aktrisasi O‘zge O‘zpirinchji va nihoyat homilador bo‘lgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Rus.Turkey.com” xabar beradi.

Foto: Turk Cinema

Ma’lum qilinishicha, bolaning otasi aktrisa 6 yildan buyon birga yashayotgan Burak Yamanturk. 2021-yilning avgust yoki sentabrida juftlik munosabatlarini rasmiylashtirishni mo‘ljallagan.

Homiladorlik nafaqat aktrisaning o‘zi, balki u hozir suratga tushayotgan loyiha prodyuserlari uchun ham kutilmagan hol bo‘lgan. Qomatida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lganda suratga olish jarayonida O‘zge uchun operatorlar faqat yirik plandan foydalanishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zge O‘zpirinchji nafaqat seriallar, balki dunyo brendlarining reklamasida suratga tushish bilan ham mashhur. U “Ayol”, “Yangidan sevgi”, “Oramizda qolsin” singari seriallarda suratga tushgan.