Daryo

Andijonda katta tezlikda kelayotgan yuk mashinasi Matiz, Spark va odamlar turgan joyga borib urilishi oqibatida 5 kishi jarohat oldi

Holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish105 228 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyatining Andijon tumanida “Gaz-5327” yuk mashinasi va ikki yengil mashina ishtirokida YTH yuz berdi, deb xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Voqea 5-iyun kuni soat 19:00 larda “Zavroq” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida yuz bergan. Mast holda bo‘lgan yuk mashina haydovchisi U.Z. boshqaruvni yo‘qotib, Pemco nomli avtomashinalarni ta’mirlash ustaxonasi oldida to‘xtab turgan Matiz va Spark’ga borib urilgan.

Oqibatda hodisa joyida bo‘lgan fuqarolar N.Q., O.Z., X.E., A.M. va voyaga yetmagan M.I.ga turli darajadagi tan jarohati yetgan.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Samarqandda Lacetti bilan to‘qnashgan “Jiguli” haydovchisi vafot etgani, Buxoroda Nexia va Lacetti to‘qnashishi oqibatda yo‘lovchilardan biri vafot etgani, Qarshida beton to‘siqdan “sakragan” “Jiguli” qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia’ga urilgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar