Daryo

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi olti kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

Markaziy bank 7-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi

1 daqiqa o‘qish42 454 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Markaziy bank

Markaziy bank 7-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,36 so‘mga ko‘tarilib, 10 547,56 so‘mni tashkil qildi. Yevro 69,97 so‘mga pastlab, 12 779,42 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi 11,54 so‘mga pastlab, 10 539,20 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi olti kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi.

May oyida O‘zbekistondagi bir necha tijorat banklarida dollar kursi 10 650 so‘mga qadar ko‘tarilgandi, 4-iyun kuni banklarda dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursi 10 600 so‘mdan pasaydi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar