Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jizzax shahridagi gaz to‘ldirish shoxobchasida gaz shlangini uzmasdan harakatlanib ketgan yuk mashinasi to‘liq yonib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 30-may kuni soat, taxminan, 19:00 lar atrofida Jizzax shahri “Zilol” mahallasida joylashgan “Transenergooil” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida Jizzax shahrida yashovchi 1984-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Dongfeng rusumli avtomobiliga gaz to‘ldirish vaqtida mashinaga ulangan gaz shlangini uzmasdan harakatlanib ketgan.

Oqibatda yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in natijasida hech kim tan jarohat olmagan. Biroq avtomashina to‘liq yonib ketgan.

Yong‘in yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Namanganda “KamAZ” yonib ketgani, Buxorodagi mehmonxona yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘lgani hamda Ohangaronda yo‘l bo‘yidagi maydonda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlar uchun yordam qabul qilinmoqda
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...