Daryo

Yoqimli ta’mga ega malina siropli shokoladli muss tayyorlang

Mussni shokolad bo‘laklari yoki malina donalari bilan bezatish mumkin

1 daqiqa o‘qish33 245 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Hi-chef.ru”

Yozning jazirama issiq kunida muzdek shirinliklar ayni muddao. Ushbu desert mazali bo‘lishi bilan birga salqinlik ham baxsh etadi.

Foto: “Hi-chef.ru”
Kerakli mahsulotlar:
  • achchiq shokolad – 200 gramm;
  • sut – 100 ml;
  • qaymoq – 350 ml;
  • malina – 350 gramm;
  • shakar – 2 osh qoshiq;
  • shakar upasi – 2 osh qoshiq;
  • suv – 2 osh qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:

Sut ilitiladi, lekin qaynatilmaydi. Ustidan shakar upasi qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Issiq sutga qora shokolad qo‘shilib, eriguncha aralashtiriladi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Qaymoq ko‘pirtiriladi. Ustidan oz-ozdan shokolad va sutli aralashma quyiladi. Tayyor bo‘lgan muss muzlatkichga 1 soatga qo‘yiladi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Idishda suv bilan shakar qaynatiladi. Shakar to‘liq eriganidan so‘ng malina qo‘shiladi. 5-10 daqiqa davomida qaynatib olinadi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Suzgich yordamida malina pyuresi suzib olinadi. So‘ngra stakanga shokoladli muss solinadi, ustidan malina siropi quyilib, muss yuzasi ta’bga ko‘ra bezatiladi.

Foto: “Hi-chef.ru”
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar