Daryo

Tetiklantiruvchi salqin shirinlik — qahvali granit retsepti

Sitsiliyaning mashhur muzqaymog‘ini o‘z qo‘llaringiz bilan tayyorlab ko‘ring

1 daqiqa o‘qish17 840 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Ushbu muzqaymoq Sitsiliyada juda ham mashhur. Issiq mavsumda organizmni mukammal tetiklashtiruvchi shirinlikni uy sharoitida ham tayyorlash mumkin.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • qattiq qahva – 500 gramm;
  • shakar – 100 gramm;
  • vanil.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Issiq qahva shakar bilan erigunga qadar yaxshilab aralashtiriladi.
  2. Aralashmani qolipga solib, muzlatkichga qo‘yiladi va har yarim soatda aralashtiriladi.
  3. So‘ngra aralashma alohida idishga olinib, sanchqi yordamida bir xil massa holiga keltiriladi va 30 daqiqaga yana muzlatkichga qo‘yiladi.
  4. Tayyor bo‘lgach, ta’bga ko‘ra bezatib, iste’mol qilish mumkin.
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar