Daryo

Tez va oson: Atigi ikkita mahsulotdan tayyorlanadigan pirog retsepti

Ajablanarli darajada sodda shirinlik ta’mi nozik karamel suflega o‘xshaydi

1 daqiqa o‘qish34 500 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehicker

Ajablanarli darajada sodda shirinlik ta’mi nozik karamel suflega o‘xshaydi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • tuxum — 2 ta;
  • quyultirilgan sut (iriska) — 400 g.
Shuningdek,
  • razrixlitel — 2 choy qoshiq;
  • pechenye urvoqlarini ham qo‘shsa bo‘ladi
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Gaz pechini 180 darajada qizdiring. Pech patnisiga pergament qog‘oz soling.
  2. Tuxum oqini sarig‘idan ajratib, yaxshilab ko‘pirtiring. Sarig‘ini esa quyultirilgan sutga qo‘shing.
  3. Ko‘pirtirilgan tuxumni quyultirilgan sutli massaga astalik bilan qo‘shing va pech patnisiga soling. Xamir yaxshi shishib chiqishi uchun razrixlitel solish mumkin.
  4. Pirogni 40 daraja issiqlikda pishirib oling, xohishga ko‘ra ustini pechenye urvoqlari bilan bezang.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar