• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Lukoil’dan O‘zbekiston bolalariga sovg‘alar

    Bolalar bizning kelajagimiz va hayotimiz mazmuni, eng katta orzu-umidlarimizning mujassamlashuvidir. Har bir katta insonning burchi bolalarni e’tibor, muhabbat va g‘amxo‘rlik bilan o‘rab olish, ularni sog‘lom, aqlli va mehribon qilib tarbiyalashdir. Ayni paytda davlatimiz tomonidan o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

    Bolalarni himoya qilish kuni bolalarga yaxshilik va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishning ramziy kuniga aylandi. Ko‘p yillar davomida Lukoil Uzbekistan Operating Company ham ushbu xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Lukoil kompaniyasining xayriya loyihalarining aksariyati jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar, og‘ir kasalliklar bilan kurashayotgan bolajonlar, mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

    Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi faol demografik o‘sish bosqichida turibdi. Respublika ushbu tendensiyani inson kapitalini oshirish yo‘li bilan o‘zgartira oladi, bunga esa maktabgacha yoshdan boshlab bolalarni sifatli ta’lim bilan ta’minlash orqali erishish mumkin.

    Kelajak uchun poydevor yaratish muhimligini anglab yetgan mamlakatimizning eng yirik sarmoyadorlaridan biri bo‘lgan Lukoil kompaniyasi uchta maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish bo‘yicha xayriya loyihasini amalga oshirmoqda: Buxoroda 250 o‘rinli, Qarshida 150 o‘rinli va Toshkent viloyatida 150 o‘rinli. Lukoil kompaniyasi ushbu yirik ijtimoiy loyihani amalga oshirish uchun 12 million AQSh dollar ajratdi.

    Umumiy tipdagi Buxoro bolalar ta’lim tashkiloti (BTT) Rossiyada Lukoil tomonidan maxsus ishlab chiqilgan loyiha bo‘yicha qurilmoqda. Dastlab bunday loyiha Astraxan shahrida amalga oshirilgan edi. Buxorodagi bolalar ta’lim tashkilotining ikki qavatli binosi va unga tutash umumiy maydoni 11 ming kvadrat metrdan ortiq hudud, eng zamonaviy texnika vositalari va jihozlar, basseyn, raqs va sport zallari, kompyuter sinflari, shuningdek, guruh binolari bilan jihozlangan bo‘ladi. Buxorodagi bolalar ta’lim tashkiloti hududida faol o‘yinlar va sport bilan shug‘ullanish uchun velosiped yo‘lakchalari, o‘tli va xavfsiz sintetik qoplamalar bilan qoplangan bolalar maydonchalarini yaratish ko‘zda tutilgan.

    Qarshi va Toshkent viloyatida quriladigan yangi bolalar ta’lim tashkilotlari reabilitatsiya markazlariga ega, ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan tashkilotlar bo‘ladi, shuningdek, ular har yili 2 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan, rivojlanishida buzilish mavjud, tibbiy reabilitatsiyaga muhtoj 5—7 ming nafar bolaga xizmat ko‘rsatadi. Maxsus tibbiy asbob-uskunalar Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Rossiya va boshqa mamlakatlardan keltiriladi.

    Ular uchun Nukusdagi “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega bolalar ta’lim tashkiloti prototip, timsol bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu loyihada maktabgacha ta’lim tashkiloti va tayanch-harakat apparati, ko‘rish va motorika buzilishlari, shuningdek, aqliy zaif (Daun sindromi, autizm va boshqalar) bo‘lgan bolalar uchun reabilitatsiya markazi birlashtirilgan.

    Yangi bolalar ta’lim tashkilotlarida davolash fizkulturasining zamonaviy mashq zallari, fizioterapiya, massaj, sensorli xonalar, nozik motorikani rivojlantirish, ijtimoiy-maishiy adaptatsiya (moslashuv), musiqa, art-terapiya, shuningdek, shifokorlar xonalari joylashgan bo‘ladi.

    Qurilish maydonlarida ish qizg‘in davom etmoqda. Ayni paytda kelajakdagi bolalar bog‘chalari uchun binolar va yordamchi inshootlar allaqachon qurilgan, pardozlash ishlari va hududni obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Lukoil loyihasi sababli minglab bolalar sifatli maktabgacha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qurilish yakunlangandan so‘ng bolalar bog‘chalari batamom Maktabgacha ta’lim vazirligiga o‘tkaziladi.

    Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga Lukoil bolalarni yana bir sovg‘a bilan xursand qildi. Lukoil kompaniyasi ko‘magi bilan “Xalqlar do‘stligi” saroyining maydonida minglab bolalarni quvontirgan bolalar ansambllari, estrada yulduzlari, sirk artistlari va sevimli ertak qahramonlari ishtirokida “Mening baxtli bolaligim” deb nomlangan katta festival bo‘lib o‘tdi. Konsertga bolalar uylari va maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari ham taklif etildi.

    Lukoil’ning bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy faoliyati har yili o‘tkaziladigan ulug‘vor bayramlar va shou dasturlarni tashkil qilish bilan cheklanib qolmaydi. Lukoil doimiy ravishda bolalar uylari va imkoniyati cheklangan maktab-internatlardagi bolalarga, Toshkent onkologiya markazining bolalar bo‘limi, xayriya va jamoat fondlariga xayriya yordamini ko‘rsatib kelmoqda.

    Bu Lukoil kompaniyasining O‘zbekistondagi bolalar rivojlanishi va ta’limini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya loyihalarining atigi bir qismidir. Bolalarning orzulari o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun mas’ul bo‘lgan kattalarning mehr-oqibat va g‘amxo‘rlik bayrog‘i ostida amalga oshadi.

    Lukoil kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda madaniyat, ta’lim, sport va tibbiyotni rivojlantirish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan xayriya mablag‘larining umumiy miqdori 25 million dollardan oshdi.

    Lukoil Uzbekistan Operating Company MChJ matbuot xizmati

    Reklama huquqi asosida.

    02.06.2021, 18:00   Izoh (0)   28986
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Apelsin’dan Welcome bonuslari

    02.06.2021, 15:00

    Texnomart’dan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan tanlov

    02.06.2021, 13:30

    Mikro Leasing — dunyo lizing standartlari O‘zbekistonda!

    02.06.2021, 12:00

    Ilk bor O‘zbekistonda “Agrobank” tashabbusi bilan fermerlar maktablari ochildi

    02.06.2021, 09:00

    Modera Towers iyun oyi davomida bolali oilalar uchun 21 foiz chegirma beradi

    01.06.2021, 15:00

    Mobiuz suhbat chegaralarini kengaytirdi

    01.06.2021, 13:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.