Daryo

Salat, pirojki, kotlet, oladyi — ko‘k piyozdan tayyorlanadigan 5 xil yegulik retsepti

Mazkur ko‘kat oshqozon shirasini ishlab chiqarishga, ishtaha ochilishiga va ovqatni yaxshi hazm qilishga yordam beradi

3 daqiqa o‘qish21 798 ko‘rishlar0 izoh0

Ko‘k piyoz sog‘liq uchun juda foydali. Mazkur ko‘kat oshqozon shirasini ishlab chiqarishga, ishtaha ochilishiga va ovqatni yaxshi hazm qilishga yordam beradi.

Ko‘k piyoz va tuxumli salat

Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • ko‘k piyoz — 2 bog‘;
  • ko‘k no‘xat — 0,5 stakan;
  • tovuq go‘shti — 0,5 ta;
  • pomidor — 1 ta;
  • qaynatilgan tuxum — 2 ta;
  • bulg‘or qalampiri — 1 ta;
  • shivit — 1 bog‘;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • uzum sirkasi — 1 osh qoshiq;
  • shakar — 0,5 choy qoshiq;
  • tuz, murch.
Tayyorlanish jarayoni: 
  1. Ko‘k piyozni mayda, tovuq go‘shti, bulg‘or qalampiri, pomidor va tuxumni kub shaklida to‘g‘rang.
  2.  Masalliqlarga no‘xat, tuz, ziravor, sirka, o‘simlik yog‘ini qo‘shib yaxshilab aralashtiring. Dasturxonga tortishdan avval salat yuzasiga ko‘k piyoz seping.
Ko‘katli kotlet
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • ko‘k piyoz — 1 bog‘;
  • piyoz — 1 ta;
  • tovuq go‘shti — 1 kg;
  • baton — 0,5 ta;
  • sut — 0,5 l;
  • petrushka — 1 bog‘;
  • shivit — 1 bog‘;
  • kashnich —1 bog‘;
  • o‘simlik yog‘i;
  • tuz, murch.
Tayyorlanish jarayoni: 
  1. Avval idishga sut solib, unga batonni bo‘laklang. Go‘shtni qiymalagichdan o‘tkazib, ivitilgan nonga qo‘shing.
  2. Piyoz va ko‘katlarni mayda to‘g‘rab, qiymaga qo‘shing. Tuz, ziravor solishni unutmang. Tayyor mahsulotlarni yaxshilab aralashtiring.
  3. Qizigan yog‘da ko‘katli kotletlarni qovurib oling.
 Vitaminli non
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • un — 3 stakan;
  • suv— 1 stakan;
  • ko‘k piyoz — 1 bog‘;
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • tuz — 1 choy qoshiq;
  • petrushka, shivit, kashnich —1 bog‘.
Tayyorlanish jarayoni: 
  1. Suvga un va tuz solib, xamir qoring. Tingan xamirni 10-15 bo‘lakka bo‘lib oling.
  2. O‘simlik yog‘ida mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyozni qovurib oling, so‘ng to‘g‘ragan ko‘katlarni ham qo‘shib, tuzini rostlang.
  3. Xamir bo‘lagini olib, yupqa qilib yoying, ichiga ko‘katli massani solib, chetini buking. Qizigan tovada yog‘ solmasdan, ikki chetini qizartirib pishirib oling.
Tuxum va ko‘k piyozli pirojki
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • sut —200 ml;
  • un —400 g;
  • shakar —100 g;
  • sariyog‘ —30 g;
  • tuxum —1 ta;
  • xamirturush —1 choy qoshiq;
  • tuz— 1/2 choy qoshiq.

Nachinkasiga:

  • ko‘k piyoz —1 bog‘;
  • qaynatilgan tuxum —4 ta;
  • smetana yoki mayonez —2 osh qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni: 
  1. Idishga tuz, shakar, tuxum solib, ustidan iliq sut quying. Xamirturush aralashtirib, yumshiq xamir qoring. Xamirni iliq joyga 1 soatga oshirishga qo‘ying.
  2. Qaynatilgan tuxum va ko‘k piyozni mayda to‘g‘rab, smetana yoki mayonez bilan aralashtiring.
  3. Tayyor xamirni 5 mm qalinlikda yoyib, stakan yordamida doirachalar kesib oling.
  4. Xamir o‘rtasiga nachinka solib, chetlarini yopishtiring.
  5. Qizigan yog‘da qizarguncha( 10-12 daqiqa) qovurib oling.
Kefirga qilingan oladyi
Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • kefir 2,5% —200 ml;
  • un —200 g;
  • tuxum —1 ta;
  • ko‘k piyoz —1 bog‘;
  • osh sodasi — 1/2 choy qoshiq ;
  • tuz —1/2 choy qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i —3 osh qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni: 
  1. Idishga kefir, tuz, soda solib aralashtiring.
  2. Keyin tuxum chaqib, un soling va quyuq xamir hosil bo‘ladi.
  3. Ko‘k piyozni mayda to‘g‘rab, xamirga qo‘shing.
  4. Xamirdan oladyilar yasab, yog‘da qovurib oling.
  5. Tayyor oladyilarni yogurt yoki smetana bilan dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar