Daryo

Barcha birdek sevib iste’mol qiladigan yong‘oqli pahlava tayyorlaymiz

Shirinlikni tayyorlashning eng oson usuli bilan tanishing

1 daqiqa o‘qish47 939 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Xamiri qumoq, asal va yong‘oq yanada totli ta’m bag‘ishlaydigan pahlava shirinligini do‘konlardan xarid qilishning keragi yo‘q. Uni uyda tayyorlab, oila a’zolarni mamnun etamiz.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • sariyog‘ – 180 gramm;
  • un – 480 gramm;
  • vanil – 2 choy qoshiq;
  • qabartma (razrixlitel) – 1 qadoq;
  • tuxum sarig‘i – 3 dona;
  • smetana – 250 ml;
Nachinka uchun:
  • yong‘oq – 300 gramm;
  • tuxum oqi – 4 dona;
  • shakar – 300 gramm;
Bezak uchun:
  • tuxum sarig‘i – 1 dona;
  • yong‘oq – 80 gramm;
  •  sariyog‘ – 50 gramm;
  • asal – 5 osh qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Sariyog‘ un ustiga qirg‘ichdan o‘tkaziladi va yaxshilab aralashtiriladi.
  2. Ustidan vanil, qabartma va smetana solib, yumshoq xamir qoriladi.
  3. Xamir teng ikkiga bo‘linadi. Birinchi qismi yana ikkiga, ikkinchi qismi esa uch bo‘lakka bo‘linadi.
  4. Bo‘laklar ustidan folga yopilib, 30-40 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
  5. Yong‘oq blendr yordamida maydalanib, tuxum oqi va shakar bilan aralashtiriladi.
  6. Pech 180 darajada qizdiriladi.
  7. Xamirlarning barchasi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida yoyilib, ustma-ust qo‘yiladi. Orasiga nachinka surilib, ikkita qalin xamir eng ostki va ustki qismga joylashtiriladi.
  8. Xamir cheti bir xilda bo‘lishi uchun kesib olinadi va ustiga tuxum sarig‘i surtiladi. Yuzasi pichoq bilan bir xilda romb shaklida kesiladi.
  9. Har bir kesilgan romb o‘rtasiga butun yong‘oqning yarmi qo‘yib chiqiladi. 40-50 daqiqa davomida yuzasi qizargunga qadar pechda pishirib olinadi.
  10. Sariyog‘ eritilib, asal bilan aralashtiriladi. Pahlavaga aralashma surilib, yana 5 daqiqaga pechga qo‘yiladi.
  11. Tayyor bo‘lgach, bo‘laklarga bo‘linib, dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar