Daryo

Dehqonobodda o‘qituvchini pichoqlab o‘ldirgan qotillardan biri 17 yilga, yana biri 16 yil muddatga qamaldi

Maktab o‘qituvchisi tanasining sakkizta joyidan pichoqlab o‘ldirilgan

2 daqiqa o‘qish87 752 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryo viloyati Deqonobod tumanida maktab o‘qituvchisini pichoqlab o‘ldirgan fuqarolardan biri 17 yilga, yana biri 16 yil muddatga qamaldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat sudining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti Farhod Tilavov ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Dehqonobod tumanining “Ingichka” MFY Nayman qishlog‘ida yashovchi, hududdagi 49-maktabda ishlovchi o‘qituvchi B.Q. 2020-yilning 5-noyabr kuni tungi soat, taxminan, 00:00 da o‘ziga notanish ikki nafar fuqaro tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan.

“Maktab o‘qituvchisi tanasining sakkizta joyidan pichoqlab o‘ldirilgan”, — dedi Farhod Tilavov.

Tergov-surishtiruv jarayonlaridan ma’lum bo‘lishicha, maktab o‘qituvchisi ikkinchi xotini — nishonlik O.T.ning sevgan insoni S.N. va uning tanishi F.J. tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan.

Aniqlanishicha, marhum o‘qituvchi Nishon tumanida yashovchi O.T.ni ikkinchi xotin qilib olgach, bir muddat qishloqda yashagan ayol shahar hayotini qumsab, eri B.Q.ning Dehqonobod tumanidagi xonadonidan ketib qoladi.

“Ayol turmushga chiqishidan avval tanishgan va sevishgan, o‘zidan kichik yoshli fuqaro S.N. bilan yana ko‘rishib, topishib oladi. Va turmush o‘rtog‘i marhum B.Q.ning ‘sevgan yigitingga salom ayt’ degan gapini unga aytadi. Shu gap sabab S.N. tanishi F.J. bilan birga Nishon tumanida yashovchi fuqaroning Lacetti avtomobilini buyurtma qilib, Dehqonobod tumanining Nayman qishlog‘iga yo‘l oladi. Hamda mash’um qotillikka qo‘l uradi”, — deyiladi mazkur qotillik haqidagi ma’lumotda.

Mazkur qotillik jinoyatini ko‘rib chiqqan Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tumani sudi raisi Navro‘z Ashurov sudlanuvchi S.N.ni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “p” bandi (bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topib, 17 yilga muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Uning sherigi F.J.ni shu modda bilan ayblab, unga esa 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Mavzuga doir:

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar