Daryo

Ilon Mask Tesla tez orada MDH davlatlarida ham paydo bo‘lishi mumkinligini aytdi

Tadbirkor forum davomida Rossiya va Qozog‘istonni tilga olgan, biroq aynan nimani nazarda tutayotganiga oydinlik kiritmagan

1 daqiqa o‘qish35 124 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Marathon.znanierussia.ru”

Tesla rahbari Ilon Mask o‘z kompaniyasi MDH davatlarida ham paydo bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi, deb xabar beradi Spot.

Foto: “Marathon.znanierussia.ru”

“Tez orada Rossiyada bo‘lamiz deb o‘ylayman va Tesla ham Rossiyada bo‘ladi, o‘ylaymanki, bu juda ajoyib. Shuningdek, yanada kengroq qarash kerak, Qozog‘istonga, MDH davlatlariga”, — deydi Mask “Yangi bilim” forumida bu boradagi savolga javob qaytarar ekan.

Tadbirkor ushbu mamlakatga bo‘lish deganda nimani nazarda tutgani va Tesla qachon rasman MDH bozorlariga chiqishiga oydinlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, 2019-yilda Ilon Maks Qozog‘istonda Tesla’ning servis markazlari va quvvatlantirish stansiyalarini qurishga va’da bergandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar