Daryo

Toshkentda kuchli shamol yerusti metro bekati tomidagi qoplamalarni uchirib yubordi (video)

Metropoliten xodimlari uchib tushayotgan panellar harakatlanayotgan avtomobillarga shikast yetkazmasligi uchun ularni yo‘l chetiga tashigan.

1 daqiqa o‘qish84 852 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Xabar.uz”

Ijtimoiy tarmoqlarda 20-may kuni Toshkentda kuzatilgan kuchli shamol yerusti metro bekatlaridan birining tom qismiga zarar yetkazgani tasvirlangan video tarqaldi.

Kadr: Telegram

Videodan ko‘rish mumkinki, Toshkentdagi yerusti metrosi bekatlaridan birining tomidagi qoplamalar shamolda uchib ketgan. Metropoliten xodimlari uchib tushayotgan panellar harakatlanayotgan avtomobillarga shikast yetkazmasligi uchun ularni yo‘l chetiga tashigan.

“Xabar.uz”ning yozishicha, kuchli shamol oqibatida Sergeli va Zangiota tumanlariga tegishli “O‘zgarish” hududida elektr tarmog‘ida uzilish yuzaga kelgan. Shuningdek, Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi ayrim mahallalar, Angren shahrining katta qismi elektr ta’minotisiz qolgan. Ohangaron shahrida shamol ta’sirida hatto ichimlik suvi ham o‘chgan.

Foto: “Xabar.uz”

Mavzuga doir: Toshkent markazida kuchli shamol oqibatida Malibu ustiga daraxt quladi. Haydovchi qiz jarohat olgani aytilmoqda

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar