Daryo

Qashqadaryoda 11-sinf o‘quvchisi uyidagi molxonadan osilgan holda topildi

Ma’lum qilinishicha, voqea kecha, 18-may kuni taxminan soat 07:30 da sodir bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish159 576 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 11-sinf o‘quvchisi uyidagi molxonadan osilgan holda topildi. Bu haqdagi xabarni viloyat prokuraturasi axborot xizmati tasdiqladi.

Ma’lum qilinishicha, voqea kecha, 18-may kuni taxminan soat 07:30 da sodir bo‘lgan.

O‘z joniga qasd qilgan 18 yoshli qizning maktab o‘quvchisi ekanini tasdiqlagan Nishon tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Jahongir Xolmurodov marhumaning tumandagi 23-maktabda tahsil olib kelganini ma’lum qildi.

“Voqea ertalab soat 07:00—07:30 atrofida sodir bo‘lgan. Kutilmagan holat nafaqat bizni, maktab rahbariyatini ham taajjubga soldi”, — deydi Jahongir Xolmurodov.

Mazkur holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi ochilgan yoki ochilmagani noma’lum. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar