Daryo

Jizzaxda Isuzu to‘xtab turgan “KamAZ”ga urilishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi

Vafot etgan haydovchi 21 yoshda bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish39 928 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Videodan skrinshot

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida 7-may kuni Isuzu va “KamAZ” ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Videodan skrinshot

Ma’lum qilinishicha, 7-may kuni soat 03:10 da M-39 Olmaota–Toshkent–Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumanidan o‘tuvchi 976-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan haydovchi Isuzu yuk mashinasini Toshkent–Termiz yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelayotib, uxlab qolgan.

Shundan so‘ng o‘zidan oldinda yo‘l chetida to‘xtab turgan Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi “KamAZ”ga borib urilgan.

Oqibatda “KamAZ” haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Bundan avval Qashqadaryoda “Jiguli” va Nexia ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 7 kishi halok bo‘lgani, Toshkent viloyatida o‘zini “Oysha xola” deya tanishtirgan YPX xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlangani hamda Buxoroda qarshisidagi mashinani quvib o‘tishga uringan Nexia traktorga borib urilgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar