Daryo

Namanganda Nexia, Damas va UAZ ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi

Nexia haydovchisi va ushbu avtomobilda bo‘lgan yana ikki yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish296 988 ko‘rishlar0 izoh0

Namangan viloyatining Norin tumanida Nexia, Damas va UAZ avtomobillari ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Toirbek Komiljonov

Hodisa 2021-yil 12-may kuni soat 10:30 atrofida Cho‘ja—Haqqulobod yo‘lining 22 kilometrida, “Bo‘zo‘lmas” mahallasi hududida ro‘y bergan.

Foto: “Daryo” / Toirbek Komiljonov

Norin tumanida yashovchi, 1978-yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia’ni boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan, oldin Damas, keyin UAZ avtomobili bilan to‘qnashgan.

Foto: “Daryo” / Toirbek Komiljonov

Buning oqibatida Nexia salonida bo‘lgan yo‘lovchilar — Namangan viloyatining Norin tumanida yashagan, 1959-yilda tug‘ilgan va Andijon viloyati Paxtobod tumanida yashagan, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Foto: “Daryo” / Toirbek Komiljonov

Nexia haydovchisi va ushbu avtomobilda bo‘lgan yana ikki yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: “Daryo” / Toirbek Komiljonov

Ulardan biri og‘ir holatda ekani aytilmoqda.

Foto: “Daryo” / Toirbek Komiljonov

Viloyat IIB YHXB matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Norin tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: “Daryo” / Toirbek Komiljonov
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar