Daryo

FVV Toshkentdagi Botanika bog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi

Yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, bog‘ hududiga o‘tishining oldi olingan

1 daqiqa o‘qish82 876 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentdagi Botanika bog‘i hududida 16-may kuni yong‘in kelib chiqqan, hodisa aks etgan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.

Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot bergan FVVning qayd etishicha, yong‘in 16-may kuni soat 11:55 larda Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan Botanika bog‘ining orqa tomonida yuz bergan. Ochiq maydonda qurigan xas-xashak va butalgan shox-shabbalarda yong‘in sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib borgan.

“Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, bog‘ hududiga o‘tishining oldi olindi. Yong‘indan jabrlanganlar yo‘q. Bog‘ning o‘rmon fondiga zarar yetmagan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar