• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident Mirziyoyevni yig‘latgan Sabrina

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayitining ikkinchi kuni, 14-may sanasida poytaxtni aylandi. Shahardagi o‘zgarishlar bilan tanishuv tarixiy o‘zgarishlarga haqiqiy ehtiyoj sezayotgan tibbiyot muassasalaridan boshlandi. Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida, katta ehtimol bilan, uzoq vaqt unutilmaydigan uchrashuv va suhbatlar bo‘ldi. Ana shunday suhbatlardan birining qahramoni chustlik 18 yashar Sabrina Insofaliyevadir.

    Sabrina Insofaliyeva (markazda, niqobi yechilgan).

    Sabrina Insofaliyeva (markazda, niqobi yechilgan).
    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    Oyoqdan ham afzal protez

    Feruza Muhsinovaning so‘zlariga ko‘ra, qizi “hayotda ancha qiynalgan”. Vaholanki, ikki yil avval ham, Sabrinaning aytishicha, hammasi yaxshi edi. Keyin birdan o‘ng oyog‘i og‘rib qolgan — unga o‘ng son orqa yuzasi neyrogen sarkomasi tashxisi qo‘yilgan. “O‘zimizning, viloyat onkologiyasiga bordik, davolandik, ammo bo‘lmadi. Keyin bu yerga jo‘natishdi, uch marta jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi”, — deydi u.

    Umidbaxsh operatsiyalar kutilgan samarani bermagan: “Oyog‘imni saqlab qolishning iloji bo‘lmadi, olib tashlashdi”, — deydi Sabrina Zo‘r TV’ ga bergan intervyusida. Lekin qizgina tushkunlikka tushgani yo‘q. To‘g‘ri, tan olishicha, tunov kuni ham “kasallikdan chiqib keta olarmikinman”, degan xayol uni ikkilantirardi. Ammo Prezident bilan uchrashuvdan keyin yuragiga “juda katta quvonch kirgan”.

    14-maydagi uchrashuvda unga taklif qilingan har bir bemor bola ahvolidan oldindan xabardor bo‘lib kelgan davlat rahbari Sabrina bilan yuzma-yuz suhbatda shunday degandi: “Qizimga bir va’da beraman — yaxshi protez olib kelib beraman. Germaniyadanmi, Amerikadanmi, keltirib beraman, qizim, o‘zim nazoratga olaman”. Sabrinaning tili bilan aytganda, Prezident: “Dunyodagi eng yaxshi protezni olib kelib qo‘ydiraman, oyog‘ingdan ham afzal bo‘ladi, dedilar”.

    Sabrina Insofaliyevaning ota-onasi — Namozali Muhsinov va Feruza Muhsinova.

    Sabrina Insofaliyevaning ota-onasi — Namozali Muhsinov va Feruza Muhsinova.
    Kadr: Zo‘r TV

    Sog‘liqni saqlash vazirligidan qo‘shimcha qilishlaricha, unga chet eldan o‘ng chanoq-son bo‘g‘ini protezi olib kelinadi. Prezidentdan va’da olgan Sabrina endi yaqin yarim yil ichida protezi o‘rnatilib, “sog‘lom bolalar qatoriga qo‘shilaman”, deb chin ko‘ngildan xursand bo‘lyapti.

    “Albatta GAI bo‘lasan!”

    Yo‘l-patrul xizmati, eskichasiga aytganda, GAI xodimi bo‘lish — Sabrinaning bolalikdan orzusi. Otasi Namozali akaga qolsa, qiz bola degani o‘qituvchi bo‘lgani ma’qul, boz ustiga o‘qituvchilik — bobokasb. “Prezident kelarmish deganda, mabodo savol-javob qilsa, o‘qituvchi bo‘laman degin, degandim. Prezidentimiz kelganlarida mana, baribir o‘zining aytganini qilib, GAI bo‘laman debdi, — deydi ota. — Nima ham deymiz endi, niyatiga yetsin!”.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Sabrina Insofaliyeva bilan muloqot davomida yon daftarchasiga tegishli qaydlarni kiritmoqda, 2021-yil 14-may.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Sabrina Insofaliyeva bilan muloqot davomida yon daftarchasiga tegishli qaydlarni kiritmoqda, 2021-yil 14-may.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Sabrina niyatiga qariyb yetdi ham. U Shavkat Mirziyoyevning ko‘zlariga qarab, “GAI bo‘lmoqchiman” deganida, davlat rahbaridan tortib uning doim jiddiy qiyofadagi tansoqchilarigacha hammaning yuziga samimiy kulgi yugurganini, Prezident esa yon daftariga katta qilib, “GAI” deb alohida yozib qo‘yganini, balki, ko‘rgandirsiz. “Albatta GAI bo‘lasiz, GAI bo‘lishingiz uchun hamma sharoitni yaratib beramiz”, — degandi o‘shanda Mirziyoyev. Ertasiga bu borada birinchi qadam tashlandi.

    15-may kuni GAI (IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi) boshlig‘i polkovnik Olim Saidov shaxsan o‘zi kelib, Sabrinaga “Yo‘l posboni” guvohnomasi va YPX xizmat libosini topshirarkan: “Sizni IIV rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining faxriy a’zoligiga qabul qilinganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman”, — deb tabrikladi. Shu kundan boshlab chustlik qizaloq YHXBB tomonidan otaliqqa olindi.

    Sabrina Insofaliyevaga berilgan “Yo‘l posboni” guvohnomasi.

    Sabrina Insofaliyevaga berilgan “Yo‘l posboni” guvohnomasi.
    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    Qizig‘i, Sabrinaning o‘zi ham o‘qituvchi bo‘lish ehtimoli haqida har doim o‘ylagan. “Bugungacha GAI bo‘lishimga ishonmagan edim. Protez bilan olisharmikin, degan xayolda yurardim. Nima bo‘lsa ham GAIlikka topshirib ko‘rib, olishsa olishdi, bo‘lmasa o‘qituvchilik-da, degandim”, — deydi u. Endi bo‘lsa u “orzularimga erishdim” deb hisoblaydi. “Orzularga chin dildan ishonsa, Xudodan so‘rasa, ularga yetishamiz”, — deydi shu so‘zlarga jonli misol bo‘lgan bu qizaloq.

    “Prezidentimiz ham yig‘lab yubordilar”

    Feruza opa Prezident bilan suhbat vaqtida Sabrina ikki yillik davolanish davrida o‘qishdan qolib ketgani, endi oliygohga o‘qishga kirish uchun repetitorlar xizmatidan foydalanishayotganini ham aytib o‘tgandi. Davlat rahbari bu so‘zlarni ham e’tibordan chetda qoldirgani yo‘q. “Qizimni tabriklab, o‘qishlarini hal qilib berdilar”, — deydi mushtipar ona “O‘zbekiston 24”ga bergan intervyusida. “O‘qishga kirolmayman, deb yurardim. Prezident-otam yordam beraman, bugundan talaba bo‘ldim deb hisoblayver, dedilar”, — dedi oliy ma’lumotli GAI bo‘lish istagidagi Sabrina.

    Sabrina Insofaliyeva YPX xizmat libosida.

    Sabrina Insofaliyeva YPX xizmat libosida.
    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    “Biz dorilar bilan, jarrohlik yo‘li bilan davolaymiz, lekin psixologik davolash ham juda katta rol o‘ynaydi. Ayniqsa, prezidentimizning e’tiborlari bolalarimizni, bemorlarimizni davolashda eng katta plyus desam mubolag‘a bo‘lmaydi”, — deydi markaz bosh shifokori muovini Dilnoza A’zamxo‘jayeva. Shifokor haq — 14-maydan keyin “boshqa dunyoga kirib qolgandek” bo‘lgan Sabrina ham endi chindan “kasallikni yengib”, “protez oyoqda bo‘lsa ham” boshqalarga umid bag‘ishlamoqchi.

    Yosh boshi bilan shunday og‘ir xastalikka chalingani, bir oyog‘idan ayrilgan bo‘lsa-da, tushkunlikka tushmagani, yashashga bo‘lgan kuchli intilishi bilan Sabrina hozir ham ko‘pchilikni “uyg‘ota oladi”, ham to‘lqinlantiradi. “Xudo sabr bergan ekan, bardoshli ekansan, hali bu kasallikni ham yengib o‘tishga ishonchim komil deb, prezidentimiz ham ko‘zlaridan yosh chiqib, yig‘lab yubordilar”, — deydi davlat rahbari bilan uchrashuvning eng ta’sirli lahzalarini eslab Feruza opa.

    Hozircha faxriy bo‘lsa-da, baribir GAI xodimiga aylanib ulgurgan baxtiyor Sabrinaning o‘zi esa qo‘lini chakkasiga qo‘yib, baralla shunday deydi: “O‘zbekiston Respublikasiga xizmat qilaman!”.

    16.05.2021, 22:28   Izoh (0)   170875
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlari issiq suv ta’minotidan vaqtincha uziladi

    16.05.2021, 22:15

    IIV Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar va yana sakkiz kishiga nisbatan qidiruv e’lon qildi

    16.05.2021, 21:37

    “Qo‘llarini bog‘lab, ikki soat zo‘rlashgan”. Andijonda 18 yoshli kelinni zo‘rlaganlikda olti kishi gumon qilinmoqda, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

    16.05.2021, 20:19

    Andijonda 5 oylik kelinchak 5 nafar erkak tomonidan zo‘rlangani aytilgan xabarlar yuzasidan tekshiruv boshlandi

    16.05.2021, 19:14

    Namanganda tuman hokimi o‘rinbosari 10 ming dollar pora olayotganida ushlandi

    16.05.2021, 18:13

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning tashqi qarzi haqida gapirdi

    16.05.2021, 17:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.