Daryo

Farg‘onada 6 kishi halok bo‘lgan YTH tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Qurbonlar orasida 7 oylik chaqaloq ham bor

Yana to‘rt kishi tuman shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish91 887 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Farg‘onada 6 kishining o‘limi bilan yakunlangan YTH ikki Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgani, qurbonlar orasida yetti oylik chaqaloq ham borligi ma’lum bo‘ldi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 10-may kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumanida yashovchi B.Q. boshqaruvidagi Cobalt Toshkent—O‘sh yo‘lining Yozyovon tumani “Guliston” MFY hududidan o‘tayotganda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan D.S.ning Cobalt avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Oqibatda olti kishi tan jarohati olib, hodisa joyida halok etgan. Qurbonlar orasida yetti oylik chaqaloq ham bo‘lgan. Yana to‘rt kishi tuman shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ularning ahvoli og‘irligi ma’lum qilingan.

Foto: Farg‘ona viloyat IIB

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish qoidalarini buzish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Foto: Farg‘ona viloyat IIB
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Lacetti Damas’ga urilgani oqibatda uch kishi halok bo‘ldi, Qarshida sodir bo‘lgan YTHda esa 29 yoshli haydovchi va uning 5 yoshli qizi vafot etgani xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar