Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri yaqinida 3 ta transport vositasi ishtirokida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “Xabar.uz”.

Foto: “Xabar.uz”

Ma’lum qilinishicha, Nukus—To‘rtko‘l avtomobil yo‘lining 225 kilometri (“Chilpiq” yodgorligi qarshisi)da Cobalt, Nexia va Damas o‘zaro to‘qnashib ketgan. YTH natijasida 6 kishi halok bo‘lgan.

Cobalt’dagi 1 nafar yo‘lovchi, Nexia’dagi 4 nafar yo‘lovchi hamda Damas haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Nexia va Cobalt haydovchilari shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Telegram

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryoda “Jiguli” va Nexia ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 7 kishi halok bo‘lgani, Farg‘onada 6 kishining o‘limi bilan yakunlangan YTH ikki Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgani, qurbonlar orasida yetti oylik chaqaloq ham borligi to‘g‘risida xabar berilgandi.