Daryo

Tojikiston bosh vaziri boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi bir qator sanoat obyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish o‘rin olgan

1 daqiqa o‘qish25 860 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentda 14—15-may kunlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Shu munosabat bilan Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya 14-may kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi bir qator sanoat obyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish o‘rin olgan.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishi 2020-yil 29-sentabr kuni Tojikiston poytaxtida o‘tkazilgandi.

2021-yil 24-aprel kuni Xo‘jandda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi hukumat delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Tomonlar Shavkat Mirziyoyevning 2021-yilda Tojikistonga uyushtiriladigan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish nuqtayi nazaridan ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilgandi.

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 10−12-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Dushanbeda bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar