Daryo

Buxoroda qarshisidagi mashinani quvib o‘tishga uringan Nexia traktorga borib urildi. Haydovchi shifoxonada vafot etgan

Hozirda Kogon tumani IIB Tergov guruhi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish30 938 ko‘rishlar0 izoh0

Buxoro viloyati Kogon tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia haydovchisi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 8-may kuni soat 15:00 larda Nexia haydovchisi tumanning “Siyozpoyon” MFY hududidan o‘tgan 4P65 avtomobil yo‘lining 39-kilometrida o‘zidan oldinda harakatlanayotgan mashinani quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘lga chiqqan. Natijada Nexia qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan traktorning old qismiga borib urilgan.

YTH oqibatida Nexia haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tezkor yordamga qaramay, u vafot etgan.

Hozirda Kogon tumani IIB Tergov guruhi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qarshida sodir bo‘lgan YTHda 29 yoshli haydovchi va uning 5 yoshli qizi halok bo‘lgani, Olmaliqda Damas velosipedchini urib yuborishi oqibatida jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar