Daryo

O‘zbekistonda so‘nggi 10 yil ichidagi tug‘ilishlar soni 207 mingtaga ko‘paydi

Mamlakatda 2010-yilda jami 634 810 nafar chaqaloq dunyoga kelgan

1 daqiqa o‘qish29 044 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Davlat statistika qo‘mitasi

O‘zbekistonda so‘nggi 10 yil ichida tug‘ilishlar soni 207 mingtaga ko‘paydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan statistikada qayd etilgan.

Foto: “Do‘stlik bayrog‘i”

Unga ko‘ra, mamlakatda 2010-yilda jami 634 810 nafar chaqaloq dunyoga kelgan bo‘lsa (305 902 nafari — qiz bola, 328 908 nafari — o‘g‘il bola), 2020-yilda ushbu ko‘rsatkich 841 817 nafarni tashkil etmoqda (405 366 nafari — qiz bola, 436 351 nafari — o‘g‘il bola).

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi
Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 34,7 million kishiga yetganini ma’lum qilgandi. Qayd etilishicha, doimiy aholi soni 2021-yil boshidan 136,7 ming kishiga oshgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar