Daryo

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2023-yilga qoldirildi

Bunga aholini ro‘yxatga olish tadbiri keng ko‘lamli, ko‘p vaqt va katta mablag‘ talab etadigan tadbir bo‘lgani uchun 2-3 yil davomida tayyorgarlik ishlarini olib borish talab etilishi sabab qilib ko‘rsatilgan

1 daqiqa o‘qish30 044 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish muddati 2020-yildan 2023-yilga ko‘chirildi. Bu hukumatning 11-noyabrdagi qarorida belgilandi.

Foto: “Daryo”

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, respublikada mustaqillik yillarida aholini ro‘yxatga olish tadbiri ilk bor o‘tkazilayotganligi inobatga olinib, tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni sifatli o‘tkazish maqsadida shunday qarorga kelingan.

“Aholini ro‘yxatga olish tadbiri keng ko‘lamli, ko‘p vaqt va katta mablag‘ talab etadigan tadbir bo‘lib, uni o‘tkazish uchun 2-3 yil davomida tayyorgarlik ishlarini olib borish talab etiladi”, — deyiladi xabarda.

Qo‘mita xabarida, shuningdek, bugungi kunda ko‘pgina davlatlar koronavirus pandemiyasi tufayli aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish muddatlarini keyingi yillarga ko‘chirish choralarini ko‘rayotgani ta’kidlangan. Bunga aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini 2021-yilga ko‘chirgan Rossiya, Qozog‘iston va Armanistonni misol sifatida keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi farmonida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilishi belgilangan edi. 2020-yil 16-martda “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Shavkat Mirziyoyev iyun oyida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan va O‘zbekistonda mustaqillik yillarida mamlakatda aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmaganini ta’kidlangandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar