Daryo

Toshkent shahar aholisi soni 2,7 mln kishidan oshdi

2021-yilning yanvar—mart oylarida poytaxtda 13,3 ming bola tug‘ilgan

1 daqiqa o‘qish41 504 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2021-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, Toshkent shahrining doimiy aholisi 2,716 million kishini tashkil etdi. Bu haqda poytaxt Statistika boshqarmasiga tayanib, Toshkent hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahar doimiy aholisi soni 2,716 million kishini tashkil etib, 2020-yilning yanvar—mart oylarida 21,8 ming kishiga yoki 0,8  foizga o‘sgan. 2021-yilning yanvar—mart oylarida poytaxtda 13,3 ming bola tug‘ilgan bo‘lsa, 3,9 ming kishi vafot etgan.

Shuningdek, poytaxtning FHDY0 bo‘limlarida 2021-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 4,7 mingta nikoh, 1,3 mingta ajralishlar ro‘yxatga olingan.

Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 34,7 million kishiga yetganini ma’lum qilgandi. Qayd etilishicha, doimiy aholi soni 2021-yil boshidan 136,7 ming kishiga oshgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2023-yilga qoldirildi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar