Daryo

Qibrayda Damas va ”Jiguli” to‘qnashishi oqibatida bir kishi jarohat oldi

Ushbu YTH yuzasidan Qibray tumani IIB TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish129 209 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent viloyatining Qibray tumanida Damas va “Vaz-2106” (“Jiguli”)  to‘qnashdi, deb xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Voqea 10-may kuni soat 08:00 larda, tumanning “Tuzel” QFY hududida yuz bergan. 1992-yilda tug‘ilgan haydovchi I.T. boshqaruvidagi “Jiguli” va 1974-yilda tug‘ilgan haydovchi R.X. boshqaruvida bo‘lgan Damas to‘qnashgan. Oqibatda “Jiguli” haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Ushbu YTH yuzasidan Qibray tumani IIB TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijonda olib qochilgan Spark ikkita avtomobilga borib urilgani, Qarshida sodir bo‘lgan YTHda 29 yoshli haydovchi va uning 5 yoshli qizi vafot etgani, Surxondaryoda 3 kishini urib yuborib, ularning o‘limiga sabab bo‘lgan Damas haydovchisi voqea joyidan qochib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda transportda sodir etilgan ayrim huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdorlari o‘zgartirildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar