Daryo

“O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi”da Ai-80 markali benzin qariyb 3 foizga ko‘tarildi

3—9-may kunlari 30 291 tonna Ai-80 markali avtomobil benzinning 60,6 foizi sotilgan

1 daqiqa o‘qish43 194 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi”da 1 tonna Ai-80 markali benzin narxi qariyb 3 foizga ko‘tarildi, deya xabar bermoqda birja matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 2021-yil 3—9-may kunlari tovar-xomashyo birjasiga 30 291 tonna Ai-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 18 348 tonnasi, ya’ni 60,6 foizi sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda Ai-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6 million 503 ming 600 so‘mdan 6 million 680 ming 900 so‘mgacha (2,7 foizga) ko‘tarildi.

Ushbu davrda Ai-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 million 619 ming 900 so‘mni, Ai-91 esa 7 million 665 ming 600 so‘mni tashkil etdi.

Turli manbalarda keltirilishicha, avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293—1370 litrni tashkil qiladi.

Avvalroq Toshkentda barcha markalardagi benzin narxi ko‘tarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston rasmiylari import benzinni sifatsiz deb atagandi. Endi ularning fikri o‘zgardi — benzin sifatli, muammo uni sotayotgan mahalliy tadbirkorlarda

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 1-maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar