Daryo

Toshkentdagi “O‘rikzor” bozori yaqinida “Zaporojets” yonib ketdi

Bunga uning Cobalt avtomobili bilan to‘qnashgani sabab bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish43 098 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Sakkokiy ko‘chasida Cobalt bilan to‘qnashgan “Zaporojets” yonib ketdi.

YHXBB ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 11-aprel kuni soat 17:35 larda sodir bo‘lgan. 2000-yilda tug‘ilgan haydovchi A.P. boshqaruvidagi “ZAZ-968M” (“Zaporojets”) va 1977-yilda tug‘ilgan haydovchi Z.M. boshqaruvidagi Cobalt avtomobillari to‘qnashgan. Zarb oqibatida “Zaporojets”ning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in bartaraf etilgan. To‘qnashuv va yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Mazkur hodisa yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda to‘xtab turgan Lacetti yonib ketgani, Qarshida svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Isuzu’ga urilgan Nexia-2 yonib ketgani, Namanganda qisqa tutashuv sabab Nexia-2 yonib ketgani, Toshkentda bir-biri bilan to‘qnashgan Nexia va Spark’da yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar