Daryo

Olmaliqda Damas velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

YTH yuzasidan Olmaliq shahar IIB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish32 974 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida Damas avtomobili velosipedchini urib yubordi, deya xabar qilmoqda YHXBB matbuot xizmati.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 5-may kuni soat 08:45 larda Toshkent viloyati Olmaliq tumani Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan bolalar shifoxonasi qarshisida haydovchi 1995-yil tug‘ilgan Q.J. Damas rusumli avtomobilni boshqarib ketayotganda tartibga solingan chorrahaning o‘ng tomonidan chap tomoniga o‘tayotgan velosipedchini urib yuborib, YTH sodir etgan.

Oqibatda velosipedchi 1989-yil tug‘ilgan V.A. tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Olmaliq shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan avval Chinozda Damas YPX inspektorining radar o‘rnatilgan Nexia’siga borib urilgani, Chilonzorda Cobalt va Matiz to‘qnashib, ag‘darilib ketgani hamda Namanganda velosipedchini urib, voqea joyidan ketib qolgan Kia haydovchisi ushlangani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar