Daryo

Cho‘l o‘rtasidagi ikki yurak: BAAdagi Sevgi ko‘liga sayohat

Ko‘l bir-biri bilan tutashgan ikki yurak shaklini esga soladi

1 daqiqa o‘qish96 042 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Travel Ask

Dubaydan 50 km uzoqlikda Sevgi ko‘li joylashgan. Al-Qudra cho‘li o‘rtasidagi mazkur ko‘lning ko‘rinishi tutashgan ikki yurak shaklini esga soladi.

Foto: Travel Ask

Dubayda diqqatga sazovor joylar bisyor: palma shaklidagi orol, mashhur Burj Xalifa va yelkan shaklidagi hashamatli Burj Al Arab mehmonxonasi. Ammo paydo bo‘lganiga bir necha yil bo‘lishiga qaramay, Sevgi ko‘li tashrif buyuruvchilarning e’tiboridan chetda qoladi.

Foto: Travel Ask

Sevgi ko‘li 2018-yilda cho‘lning qoq o‘rtasida paydo bo‘lgan.

Foto: Travel Ask

Ko‘l bir-biri bilan tutashgan ikki yurak shaklini esga soladi.

Foto: Travel Ask

Yuraklarning chetlari suv bilan to‘ldirilgan, markazda esa orolchalar qoldirilgan. Uning atrofida yo‘lak va daraxtlar borligini ko‘rish mumkin.

Foto: Travel Ask

Ushbu go‘zallikdan bahra olish uchun yuqoriga ko‘tarilish kerak.

Foto: Travel Ask

Chunki pastdan qaralganda oddiy hovuz va butalardan iborat manzara ko‘rinadi, xolos.

Foto: Travel Ask

Aslida, cho‘l o‘rtasida suvni ko‘rish ham kishini hayratga solishiga shubha yo‘q.

Foto: Travel Ask

Bu yerda 16 mingta daraxt va buta, bundan tashqari, minglab o‘simliklarni uchratish mumkin.

Foto: Travel Ask

Yuraklar yo‘nalishi bo‘ylab ekilgan o‘simliklar yuqoridan qaraganda ko‘rinmaydi.

Foto: Travel Ask

Mazkur vohadagi gulzor, hovuz va hatto o‘yin maydoni ham yurak shaklida.

Foto: Travel Ask
Atrof esa qumlardan iborat. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar