Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 34-turida “Real” 1-may, shanba kuni “Osasuna” bilan bahs yuritdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

Madridda kechgan bahsning katta qismida darvozalarga to‘p kiritilmadi. Faqatgina 76-daqiqada Eder Militao hisobni ochdi. Oradan 4 daqiqa o‘tar-o‘tmas Kazemiro oradagi farqni oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Madrid klubi shu tariqa o‘yin so‘ngida chempionlik kurashidagi intrigani saqlab qoldi. Ushbu g‘alabadan keyin Zinedin Zidan shogirdlarining ochkolari 74 taga yetdi. Peshqadam “Atletiko”ning hisobida 76 ochko bor. Bitta kam o‘yin o‘tkazgan “Barselona” esa 71 ochkoga ega.

La Liga

34-tur bahsi

1-may, shanba

“Real Madrid” — “Osasuna” 2:0

Gollar: 1:0 – 76 Militao, 2:0 – 80 Kazemiro.

"Real Madrid": Kurtua, Odriosola, Militao, Marselo (Migel Gutyerres, 64), Varan (Nacho, 46), Asensio (Arribas, 83), Kazemiro, Vinisius Junior (Rodrigo, 64), Antonio Blanko, Azar (Isko, 72), Benzema.

"Osasuna": Errera, Vidal, Sanches, Aridane, David Garsiya, Torro (Xoni Rodriges, 84), Monkayola, Roberto Torres (Barxa, 81), Ruben Garsiya (Adrian, 81), Chimi Avila (Budimir, 64), Martines (Brashanas, 64).

Ogohlantirishlar: Martines (54), Oyer Sanxurxo (55).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi