Daryo

Shavkat Mirziyoyev “parkovka” qoidabuzarlariga solinadigan jarimalarni pasaytirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Ushbu hujjatning qabul qilinishi kelgusida yo‘l transport sohasidagi qoidabuzarlik uchun jarimalar belgilashda korrupsion holatlar sodir etilishini oldini olishga xizmat qilishini ta’kidlangandi

1 daqiqa o‘qish54 662 ko‘rishlar0 izoh0

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun 29-aprel kuni Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Madina Nurman / “Daryo”

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartishga muvofiq, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlik uchun jarima miqdori qat’iy belgilandi.

Bunda fuqarolar uchun BHMning 20 baravari (ilgari 20 baravaridan 30 baravarigacha), mansabdor shaxslarga esa 30 baravari (ilgari 30 baravaridan 50 baravarigacha) miqdorida jarima nazarda tutilgan.

Shuningdek, transportda to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori BHMning 2 baravari (ilgari 3 baravari) etib belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qonun Oliy Majlis Senatining 24-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida ma’qullangandi. Ushbu hujjatning qabul qilinishi kelgusida yo‘l transport sohasidagi qoidabuzarlik uchun jarimalar belgilashda korrupsion holatlar sodir etilishini oldini olishga xizmat qilishini ta’kidlangandi.

2020-yilning sentabrida O‘zbekistonda avtomobilning sug‘urtasi yo‘qligi uchun jarima maydonchasiga joylashtirish amaliyoti bekor qilingan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar