Daryo

O‘zbekistonda kripto-birjalarda savdo qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda

O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari tomonidan emissiya qilingan tokenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, chiqarish yoki aylantirishga ruxsat beriladi

1 daqiqa o‘qish34 396 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Unsplash

Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi “Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi idoralararo qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Foto: Unsplash

Unga ko‘ra, amaldagi qonun o‘zgartirilib, O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari tomonidan emissiya qilingan tokenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, chiqarish yoki aylantirishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari kripto-birjalarda kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barcha turlarini milliy va chet el valyutasida amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Bunda, “sotib olish obyekti sifatida kripto-aktivlarni tanlash va bu tanlovning tegishli oqibatlari sotib oluvchining o‘z tavakkalchiligidir”.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 2-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyati tashkil etishga ruxsat berilgan. Ammo kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar O‘zbekiston hududida sho‘ba yoki boshqa turdagi tashkilotlarni ochish asosida faqatgina chet el yuridik shaxslariga beriladi.

O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirishga birinchi litsenziya Janubiy Koreyaning Kobea Group kompaniyasiga berilgan.

Mavzuga doir: Toshkentda bitkoin savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxslarga jinoiy ish ochildi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar