Daryo

O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirishga birinchi litsenziya berildi

Litsenziya Koreyaning Kobea Group kompaniyasiga berildi

1 daqiqa o‘qish39 732 ko‘rishlar0 izoh0
Bitcoins and New Virtual money concept.Gold bitcoins with Candle stick graph chart and digital background.Golden coin with icon letter B.Mining or blockchain technology; Shutterstock ID 709061209; Purchase Order: -

O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziya Koreyaning Kobea Group kompaniyasiga berildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi xabar berdi.

Foto: Loyiha boshqaruvi milliy agentligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, litsenziya O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 2-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq berilgan.

Ma’lumot uchun, Kobea Group raqamli iqtisodiyotda turli yechimlarni, shu jumladan, blokcheyn texnologiyasini ishlab chiqishga ixtisoslashgan texnologik kompaniyadir.

Kompaniya kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi O‘zbekiston milliy qonunchiligining barcha talablariga, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarga (FATF tavsiyalari va rahbarlik hujjatlariga) muvofiq ravishda kripto-birja faoliyati bilan shug‘ullanish niyatida.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar