Daryo

O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyati tashkil etiladi

O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi

1 daqiqa o‘qish27 546 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Huquqiy axborot kanali

O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

Foto: Huquqiy axborot kanali

Qarorga muvofiq, kripto-birjalar va kripto-aktivlar aylanmasi bo‘yicha faoliyatga qimmatli qog‘ozlar, birja va birjalar faoliyatiga oid qonunchilik tatbiq etilmaydi.

Kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar O‘zbekiston hududida sho‘’ba yoki boshqa turdagi tashkilotlarini ochish asosida faqatgina chet el yuridik shaxslariga beriladi.

Bunda ularning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘liq valyuta operatsiyalariga nisbatan valyutani tartibga solish haqidagi qonunchilikning normalari tatbiq etilmaydi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘liq operatsiyalari soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi, ulardan olingan daromad esa soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliqqa tortish bazasiga kiritilmaydi.

Shuningdek, kripto-birjalar ko‘rsatgan xizmatlari uchun mukofot, shu jumladan kripto-aktivlar olish hamda ularning mijozlardan undiriladigan miqdorini belgilash, shuningdek kripto-aktivlarni milliy va chet el valyutalari orqali tasarruf etish hamda boshqa kripto-aktivlarga almashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bilan birja kelishuvlarini tashkil qilish huquqiga ega bo‘lishi belgilandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar