Daryo

Nurafshonda ikki qavatli uyda gaz portladi, bir kishi halok bo‘ldi

Mazkur holat tabiiy gazning sizib chiqishidan kelib chiqqani taxmin qilinmoqda

1 daqiqa o‘qish32 944 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi “Obod turmush” MFYda joylashgan ikki qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Foto: FVV matbuot xizmati

Voqea 27-aprel kuni soat 11:40 da yuz bergan. Hodisa oqibatida binoning 2-qavatiga jiddiy zarar yetgan, shuningdek, bir kishi halok bo‘lgan.

Mazkur holat tabiiy gazning sizib chiqishidan kelib chiqqani taxmin qilinmoqda. Ayni daqiqalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari voqea joyida ishlamoqda.

Vazirlik ushbu vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi bildirgan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar