Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni va undagi ayollar ulushini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, hududiy tuman (shahar) bo‘limlarida hisobga olingan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 2021-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 3 million 877 ming 200 nafarni tashkil etmoqda.

Foto: Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

Foto: Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

Shundan 3 million 464 ming 800 nafari pensiya oluvchilardir. Ularning  2 million 10 ming 400 nafari (58,0 foiz)ni ayollar tashkil etadi.

Nafaqa oluvchilar soni 412 ming 400 nafar bo‘lib, ularning 192 ming 100 nafari (46,5 foiz) ayollardir.

Ma’lumot uchun, pensiya hisoblashning bazaviy miqdori oyiga 262 470 so‘mni, yoshga doir eng kam pensiya  513 350 so‘mni, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa 513 350 so‘mni, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqoralarga beriladigan nafaqa oyiga 315 030 so‘mni tashkil etadi.

Avvalroq O‘zbekistonda pensiya va nafaqalarni tayinlashda fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida 2021-yil 1-iyundan boshlab bir qator o‘zgarishlar bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank