Daryo

Farg‘onada vafot etgan fuqarolarga qariyb 20 mln so‘m pensiya to‘langanligi ma’lum bo‘ldi

Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi, Quva va Farg‘ona tuman bo‘limlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida bir qator qonun buzilish holatlari aniqlangan

1 daqiqa o‘qish43 643 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona viloyatining Quva hamda Farg‘ona tumanlarida vafot etgan fuqarolarga 19,6 million so‘m pensiya to‘langanligi aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat prokuraturasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi, Quva va Farg‘ona tuman bo‘limlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Pensiya tayinlash komissiyalari tomonidan hujjatlar to‘liq o‘rganilmaganligi tufayli budjet mablag‘lari ortiqcha sarflanganligi, vafot etgan fuqarolar nomiga 19,6 million so‘m pensiya to‘langanligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur qonunbuzilishlar, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan kiritilgan taqdimnoma viloyat prokuraturasi xodimlari ishtirokida boshqarma va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining kengaytirilgan yig‘ilishda muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilangan.

Muhokama natijalari bo‘yicha mansabdor va mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli jazo choralari qo‘llanilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar