Daryo

O‘zJOKUda darslar o‘quv yili oxirigacha onlayn shaklda davom ettiriladi

Yotoqxonada turadigan talabalarga 24-apreldan uyga ketishga ruxsat beriladi

1 daqiqa o‘qish81 822 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Yandeks Maps”

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining yotoqxonasida yashovchi talabada koronavirus aniqlangani sababli universitet yotoqxonasi karantinga olinib, o‘qish jarayonlari 12-apreldan boshlab ikki haftaga onlayn shaklga o‘tkazilgandi. Universitet matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zJOKUda masofaviy ta’lim o‘quv yili oxirigacha davom ettiriladi.

Foto: “Yandeks.Xaritalar”

“Hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda bakalavriat, sirtqi ta’lim shaklida tahsil oladigan barcha talabalar, qolaversa, magistraturada tahsil olayotgan 1-kurs talabalari (2-kurs, magistraturani tamomlayotgan talabalardan tashqari) o‘qishni onlayn davom ettirishga kelishildi. Bilasiz, hozirda aniqlangan ‘afrikacha shtamm’ oddiy COVID-19’dan ko‘ra ancha xavfli hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda, sizning salomatligingiz biz uchun hamma narsadan ustun va muhimroq”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida darslar 22-apreldan onlayn shaklga o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi. Bundan avval Jismoniy tarbiya va sport universiteti va Jahon tillari universiteti hamda uning akademik litseyi ham o‘quv jarayonlari onlayn shaklga o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 19-apreldan, Samarqand iqtisodiyot va servis institutida esa 20-apreldan 14 kunga masofaviy shaklga o‘tkazilgandi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 88 280 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 22-aprel kuni mamlakatning 14 ta hududida jami 345 ta kasallanish holati aniqlangan. Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida koronavirusga qarshi kurash komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekistonga koronavirusning “afrikacha” shtammi kirib kelgani ma’lum qilingandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar