Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyatidagi ishsiz aholi soni 174 ming nafar bo‘lib, 223 ming nafar fuqaro turli davlatlarda muhojirlik qilmoqda. Bu haqda ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan viloyat faollari bilan yig‘ilishda davlat rahbari ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Viloyatda 174 ming nafar aholi ishsiz (iqtisodiy faol aholining 11 foizi), 223 ming fuqaro ishlash uchun xorijga ketgan. Shuni hisobga olib, Samarqandga Ishchi guruhi yuborib, mahallabay va fuqarobay ishlash tashkil etildi.

Jumladan, 1 ming 100 ta mahallaning har biriga biriktirilgan bank xodimlari uyma-uy yurib, sektorlarda tashkil etilgan Boshqaruv ofislari bilan birga, barcha mahallalarni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi. Bunda, avvalo aniq faoliyat turiga ixtisoslashgan mahallalar va xonadonlar tajribasini keng yoyishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ma’lum bo‘ldi.

Masalan, Ishtixondagi ‘Humo’ mahallasida shafran, Bulung‘urdagi ‘Saxovat’ mahallasida kartoshka yetishtirish, Paxtachidagi ‘Yobu’, ‘Quvondiq’, ‘Istiqbol’, ‘Ko‘rpa’ mahallalarida issiqxona, Oqdaryoda sabzavot urug‘chiligi, Urgutda to‘n va do‘ppi tikish, Kattaqo‘rg‘on tumanida qulupnaychilik, Pastdarg‘omda mebelsozlik, Samarqand tumanida ko‘kat yetishtirishga ixtisoslashgan xonadonlar tajribasini boshqalarga ham o‘rgatish kerak. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish deyarli mavjud bo‘lmagan mahallalarda, turli xil xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish lozim.

Markaziy bank raisi banklar bilan birga viloyatda oilaviy tadbirkorlik uchun rejalashtirilgan 625 milliard so‘m o‘rniga, 900 milliard so‘m kredit ajratilishini tashkil etadi”, — dedi davlat rahbari.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Mahallabay ishlash markazi tashkil etilishini ma’lum qilgani to‘grisida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov