Dunyoda 3814 dan ortiq madaniyat mavjud bo‘lib, ular rang-barang ekani, turli urf-odatlari bilan o‘ziga xos.
Pasxa gulxani, Germaniya

Pasxadan avvalgi tunda Germaniyaning turli yerlarida ulkan gulxanlar yoqiladi. Mazkur urf-odat bilan nemislar bahorni kutib oladi. Ba’zi yerlar, asosan Shimoliy Reyn-Vestfaliyada katta yog‘ochli g‘ildiraklar yoqilib, qiyalikdan itarib yuboriladi. Bu hosilni mo‘l bo‘lishiga hissa qo‘shishiga ishoniladi.
Chapillatib chaynash, Yaponiya

Aksariyat mamlakatlarda chapillatib chaynash beodoblik sanaladi. Yaponiyada esa aksincha. Lapshani ovoz chiqarmasdan iste’mol qilish yapon urf-odatlariga zid.
Shirinliklar ichiga pul solish, Boliviya

Boliviyada odamlar Yangi yilni kutib olish uchun pirog ichiga tanga solib pishiradi. Kimning bo‘lagidan tanga chiqsa, kelasi yil u uchun omadli kelishiga ishoniladi.
Tushgan tishni tomga otish, Gretsiya

Gretsiyada bolaning tishi tushsa, doimiy tishi mustahkam va sog‘lom bo‘lishini niyat qilgan holda tomga otiladi.
Pomidorlar jangi, Ispaniya

Ispaniyada odamlar bir-biriga pomidor otishi bilan o‘tadigan Tomatina festivali bor. Kelib chiqishi 1945-yilga borib taqaladigan festival har yili avgust oyining so‘nggi chorshanbasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu an’ana paradga qo‘shilishni istagan, ammo odamlar turtib yuborgan bolalar bilan bog‘liq. Tiqilinchda yiqilib tushgan bolalar jahli chiqib yeguliklarni odamlarga qarata ota boshlagan. Ammo bugungi kunda bayram ko‘ngilsizlikka aylanmasligi uchun amal qilinishi kerak bo‘lgan ba’zi qoidalar mavjud. Bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, otishdan avval pomidorlar ezilgan bo‘lishi kerak.
Qishda muzqaymoq yeyish, Mo‘g‘uliston

Mo‘g‘ulistonda odamlar muzqaymoqni qahratonda iste’mol qiladi. Shahar ko‘chalarida muzqaymoqlar karton qutilarda sotiladi, harorat 30 daraja sovuq bo‘lgani uchun muzlatkichga hojat yo‘q.
O‘z taqdirini tanlash, Janubiy Koreya

Koreyslar farzand dunyoga keladigan birinchi kunda uning taqdiri hal bo‘lishiga ishonadi. Toljanchxi deb ataladigan marosimda bolaning oldiga kitob, pul va shunga o‘xshash turli buyumlar qo‘yiladi. Pulni tanlagan bola badavlat, kitobni tanlagani esa aqlli bo‘lishiga ishoniladi.
Stuldan sakrash, Daniya

Yangi yil kechasi daniyaliklar stul ustiga turib, ilk soniyalarda undan sakrashga tayyorlanadi. Buni unutgan odam uchun yil omadsiz kelishiga ishoniladi.
Hayoti davomida sochini bir marta kesish, Xitoy

- Yapon taomlari san’atning alohida turi ekanligini isbotlovchi suratlar
- Dunyoga mashhur diqqatga sazovor maskanlarning boshqa rakursdan olingan suratlari (foto)
- Yer yuzidagi odamlar yashaydigan eng xavfli hududlar (foto)
- Sayohatga chiqqanda mahalliy oshxona bilan yaqindan tanishish uchun albatta tatib ko‘rish kerak bo‘lgan taomlar (foto)








