Daryo

Toshkentda bir-biri bilan to‘qnashgan Nexia va Spark yonib ketdi

Haydovchilar o‘z vaqtida mashinadan chiqib ketishga ulgurgani sabab ko‘ngilsiz hodisa oqibatida hech kimga jarohat yetmagan

1 daqiqa o‘qish57 528 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

Toshkentda Nexia-3 va Spark ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yengil mashinalarda yong‘in chiqdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, YTH 10-mart kunidan 11-mart kuniga o‘tar kechasi, Shota Rustaveli ko‘chasida sodir bo‘lgan. To‘qnashuvdan so‘ng ikkala mashinada ham yong‘in kelib chiqqan.

Haydovchilar o‘z vaqtida mashinadan chiqib ketishga ulgurgani sabab ko‘ngilsiz hodisa oqibatida hech kimga jarohat yetmagan.

“Bir necha daqiqadan so‘ng yong‘in sodir bo‘lgan joyga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelgan va yong‘in bartaraf etildi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Jizzaxda Cobalt va “Volga” ishtirokidagi YTHda ikki kishi yonib ketdi

Avvalroq Farg‘onada Lacetti bilan to‘qnashgan Matiz yonib ketishi oqibatida ikki yo‘lovchi ayol vafot etgani, Dehqonobodda Shahrisabzdan kelayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqqani, Surxondaryodan Toshkentga yo‘lga chiqqan Nexia’ning yonib ketishi oqibatida 3 kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar