Daryo

Samarqandda yana uchta, Sirdaryoda esa bitta yangi masjid ochildi (foto)

Samarqand viloyatidagi masjidlarning ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov ishtirok etgan

3 daqiqa o‘qish60 926 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

10-aprel kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi “Xo‘ja Ziyovuddin” jome masjidining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov, Diniy idora ishboshqaruvchisi Rustam xoji Jamilov va viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ishtirok etdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Shuningdek, 11-aprel kuni muftiy Usmonxon Alimov boshchiligidagi ulamolar Ishtixon tumanidagi “Eshon Temirxon to‘ra” masjidi va majmuasini ziyorat qilgandan so‘ng, yangi ta’mirlangan masjidning tantanali ochilish marosimida qatnashgan.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

“Eshoni Temirxon to‘ra” jome masjidi 1993-yillarda xalq hashari yo‘li bilan qurilgan bo‘lib, masjidning yangi binosi 2019—2021-yillar davomida zamonaviy loyiha asosida ta’mirlandi. Masjid hovlisining umumiy maydoni 5 gektar, yangi binoga 1000 nafar namozxon sig‘adi. Shuningdek, ma’muriyat (imom-xatib, noiblar) xonalari, oshxona, qorovulxona va mehmonxona kabi qo‘shimcha binolar mavjud.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

30 kishiga mo‘ljallangan erkaklar tahoratxonasi va ayollarning alohida tahoratxonasida barcha zarur sharoitlar qilingan. Masjid “Sohibkor”, “Orlot”, “Qayirma”, “O‘zbek qo‘rg‘on”, “Bog‘ixon” mahallalaridan yashovchi mo‘min-musulmonlarga xizmat qiladi. Kundalik besh vaqt namozda 100 dan ziyod, juma va hayit namozlarida 1000 dan ortiq kishi qatnashadi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Bundan tashqari, 11-aprel kuni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida “Domla Kamoliddin Oxun” jome masjidining ochilish marosimi ham o‘tkazilgan. Muftiy hazratlari boshchiligidagi mehmonlar dastlab “Domla Kamoliddin Oxun” maqbarasini ziyorat qilgan, Qur’oni karim oyatlari tilovati o‘qilib, xayrli duolar qilingan.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

“Domla Kamoliddin Oxun” jome masjidi 1990-yillar hashar yo‘li bilan qurilgan bo‘lib, 2020—2021-yillar davomida zamonaviy loyiha asosida hashar yo‘li bilan bunyod etilgan. Masjidning umumiy yer maydoni bir gektardan oshiq.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Masjid yangi binosining qurilishi 2020-yil 14-iyunda boshlanib, 2021-yil 20-mart oyida yakunlangan. Xonaqoh va ayvoni hududi 21×18 ni tashkil etadi. Balandligi 17 metr, aylanasi 7,5 metr bo‘lgan gumbaz jomega o‘zgacha husn berib turibdi. 15 kishilik erkaklar tahoratxonasida (ayollar uchun ham alohida) barcha sharoitlar yaratilgan, avtoturargoh ham bor.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Masjid “Shova”, “Navkar”, “Qovunchi” mahallalariga xizmat qiladi. Xonaqohning o‘ziga 450 kishi, hovlisiga 1000 mingga yaqin sig‘adi. Masjid Qo‘shrabot tumanidagi eng katta masjid hisoblanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining ma’lum qilishicha, 10-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi “Shayh Nazrulloxon eshon” jome masjidining ham ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Qaytadan qurilib foydalanishga topshirilgan yangi masjidining xonaqosi 750 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy tahoratxona va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan xizmat xonalari bunyod etilgan.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Yangi masjidning ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi boshlig‘i Muhammadnazar domla Qayumov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakili Habibulloh domla Zokirov ishtirok etdi.

Avvalroq Urgutda Samarqand viloyatidagi eng katta masjid ochilgani, O‘zbekistonda masjidlar soni 2088 taga yetgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar