Daryo

2021-yil bahorining eng kuchli Android-smartfonlari nomi e’lon qilindi

2021-yilda oldingi ro‘yxat keskin o‘zgarishni boshlagan, chunki flagmanlarga Snapdragon 888 protsessori o‘rnatish boshlandi

1 daqiqa o‘qish61 814 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

AnTuTu benchmarki mart oyi yakunlari bo‘yicha ishlash samaradorligi eng yuqori bo‘lgan smartfonlar reytingini taqdim etdi. 2021-yilda oldingi ro‘yxat keskin o‘zgarishni boshlagan, chunki Snapdragon 865 protsessori o‘rnatilgan oldingi avlod flagmanlari o‘rniga Snapdragon 888 o‘rnatilgan yangi modellar kelmoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Reytingning birinchi pog‘onasidan 16 gigabayt tezkor xotiraga ega geymerlar uchun mo‘ljallangan Asus ROG Phone o‘rin olgan — u va ro‘yxatdagi dastlabki beshta o‘rindagi qurilmalar Snapdragon 888 chipida ishlaydi. ROG Phone boshqa smartfonlari tezkor xotirasining sig‘imi sabab ortda qoldirgan, chunki qolgan modellarda bu 12 gigabaytni tashkil etadi: Ro‘yxatdan yangi Realme GT flagmani o‘rin olmagan — AnTuTu kompaniyasi smartfonlar ishlab chiqaruvchisini asos kodlarini almashtirib qo‘yish orqali test natijalarini o‘zgartirishda ayblagan. U Snapdragon 888 protsessorida ishlasa-da, benchmarkda 750 mingdan ortiq ball to‘plagan.

Mavzuga doir: 5G aloqa tarmog‘ida ishlaydigan eng tezkor smartfonlar nomi ma’lum qilindi. iPhone 12 raqiblaridan ancha ortda qolmoqda

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar