Daryo

Samarqandda Malibu va Hyundai to‘qnashib ketdi

To‘qnashuv oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q

1 daqiqa o‘qish50 178 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YXHBB

Samarqand shahrida Hyundai Bongo va Malibu ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Foto: YHXBB

Ma’lum qilinishicha, 9-aprel kuni soat 21:30 da Samarqand viloyati Samarqand shahar Ibn Sino va Dahbed ko‘chalari kesishgan chorrahada 1995-yilda tug‘ilgan haydovchi A.J. boshqaruvidagi Hyundai Bongo hamda 1994-yilda tug‘ilgan haydovchi F.X. boshqaruvidagi Malibu ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Foto: YHXBB

Mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilgan. To‘qnashuv sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Bundan avval Jizzaxda yuk mashinasi va 2 avtomobil ishtirokidagi YTH oqibatda 1 kishi vafot etgani, Surxondaryoda Cobalt va Spark to‘qnashuvi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgani hamda Yakkasaroyda 3 ta avtomobil va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar